Forbes jurnali superqahramonlar haqidagi eng kassabop film nomini e’lon qildi. Reytingga DC Comics qahramoniga bag‘ishlangan va bosh rolni aktrisa Gal Gadot ijro etgan “Mo‘jiza ayol” kartinasi yetakchilik qildi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.

Kadr: YouTube

Film jahon prokatida 821,74 million dollar to‘plab, 2002-yilda ekran yuzini ko‘rgan va prokatda 821,7 million dollar to‘plagan “O‘rgimchak odam”ni ortda qoldirdi.

“Mo‘jiza ayol” katta ekranlarga joriy yilning may ochida chiqqan edi. Kartinaga bunga qadar “Besh”, “Maxluq” filmlarini suratga olgan Petti Jenkins rejissorlik qilgan.