Xitoy ochiq fazoda Quyosh elektr stansiyasini quradigan birinchi davlatga aylanadi. Bu haqda Science and Technology Daily jurnaliga bergan intervyusida Xitoy kosmik texnologiyalar akademiyasi ilmiy xodimi Li Min bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Hozirgi paytda Xitoy kosmik Quyosh energiyasi sohasidagi yetakchi davlatlar qatoriga kirdi, bu sohada ishlayotgan boshqa davlatlar bilan oradagi masofani ancha qisqartirdi”, — dedi Li Min.
Atrof muhitni iflos qiladigan qazib olinuvchi yoqilg‘idan farqli ravishda, kosmik muhitda Quyosh energiyasidan foydalanilishi ancha samarador, toza va barqaror texnologiya hisoblanadi.
Olimning so‘zlariga qaraganda, yer usti Quyosh va shamol elektr stansiyalaridan farqli o‘laroq, kosmik elektr stansiyadagi ishlarga tabiiy omillar ta’sir ko‘rsatmaydi, ya’ni u hech qanday to‘siqlarsiz Yerga katta miqdordagi energiya oqimini yetkazib berishi mumkin.
Izoh (0)