21:25, 03.11.2017 9477

Tramp terrorchilar Nyu-Yorkdagi qo‘poruvchilik uchun og‘ir badal to‘lashini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat harbiylari oxirgi ikki kun ichida IShID guruhiga berilayotgan zarbalar shiddatini oshirganini aytib o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: AP

Twitter’dagi sahifasi orqali davlat rahbari terrorchilar Nyu-Yorkda uyushtirilgan hujum uchun og‘ir badal to‘lashini va’da qildi.

“Bizning harbiylarimiz oxirgi ikki kunda IShID bo‘yicha zarbalarni sezilarli darajada kuchaytirdi. Terrorchilar bizga qilingan har bir hujum uchun og‘ir badal to‘laydi”, — deb yozdi Oq Uy rahbari.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Boshqa yangiliklar