San-Fransiskoda (Kaliforniya shtati, AQSh) iPhone X’ning rasmiy savdosi boshlanishiga bir necha soat qolganida, noma’lum shaxslar Apple Store’ga smartfonlar partiyasini olib ketayotgan UPS kuryerlik xizmatining yuk mashinasini ochib, u yerdan 313 dona qurilmani o‘g‘irlab ketgan. O‘g‘irlangan iPhone’larning umumiy miqdori 370 ming dollarga baholanmoqda, deb xabar berdi TJournal.

Foto: NBC

Politsiyaning ma’lumotlariga ko‘ra, yuk mashinasi haydovchisi avtomobilni Apple do‘koni oldiga qo‘yib, uning ichidan chiqqan. Shu orada UPS transportiga kapyushon kiygan uch kishi yaqinlashgan va uni buza boshlangan. Avtoturargoh xodimi jinoyatchilar telefon qutilarini o‘g‘irlab ketayotganini ko‘rgan va ularni suratga olishga ham muvaffaq bo‘lgan. Surat huquq-tartibot idoralariga topshirilgan: OAVlarda u e’lon qilinmadi.

Politsiya o‘g‘rilar yuk mashinasini kuzatganligiga ishonchi komil. CNet’dagi manbaning so‘zlashicha, iPhone X’ni oldindan buyurtma qilib, uni Apple Store’dan olib ketishni rejalashtirgan mijozlar baribir qurilmalarini oladi. Ammo u do‘kon yonida navbat kutib turganlar nima qilishi lozimligi haqida ma’lumot bermagan.