Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat vazirlar mahkamasiga O‘zbekiston bilan harbiy soha yetkazmalarining maqsadli ishlatilishi nazorati yuzasidan shartnoma imzolash haqida muzokaralar olib borish topshirig‘ini berdi. Rossiya yetakchisining tegishli farmoyishi huquqiy axborot portalida joylashtirildi, deb xabar beradi “TASS”.
“RF hukumatining RF va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida 2016-yil 29-noyabr kuni imzolangan harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi shartnoma doirasida yetkazilayotgan harbiy mahsulotlardan maqsadli foydalanishni nazorat qilish bo‘yicha RF va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida kelishuv imzolash taklifi qabul qilinsin”, — deyiladi hujjatda.
Muzokaralar yakunlariga ko‘ra hukumatga tegishli shartnomani imzolash topshirildi.
Izoh (0)