Parkent tumanida o‘g‘rilik holati fosh etildi, buning natijasida salkam 25 million so‘mga teng qimmatliklar egasiga qaytarildi. Bu haqda Toshkent viloyat IIB ma’lum qildi.
Aytilishicha, Parkent tuman IIBga 1970-yilda tug‘ilgan Adham Boyqo‘ziyev ariza bilan murojaat qilib, 26-oktabr kuni soat 05:00 dan 08:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, uyga kirib, u yerdan 15 million so‘m pul 9 million so‘mlik zargarlik buyumlarini o‘g‘irlaganini ma’lum qilgan.
Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Parkent tumanida yashovchi 1993-yilda tug‘ilgan Xushnud Tojiyev va Erali Yorbekovlar sodir etgani aniqlandi.
Talonchilar ushlandi. Ashyoviy dalillar olindi. Tergovni IIB olib bormoqda.
Izoh (0)