3-noyabr kuni Dubayda iPhone X savdosi boshlandi. Apple’ning yangi smartfonini birinchi bo‘lib sotib olishni niyat qilgan bir guruh o‘zbekistonliklar Dubai Mall’dagi Apple Store do‘koni oldida qurilma savdosi boshlanishidan 20 soat avval navbatga turdi.

Bu haqda BAAning Khaleej Times nashri xabar berdi. Nashr muxbirining ma’lum qilishicha, besh o‘zbekistonlik birinchi bo‘lib iPhone X’ni sotib olish maqsadida navbatga turgan. Biroq, aftidan, ular navbatda oxirigacha turmagan — Dubaydagi ilk iPhone X’ni Pinkesh Jasvani sotib olgan.

Ma’lumot uchun, Dubayda xotirasi 64 gigabayt bo‘lgan iPhone X 4 099 dirham (taxminan 1 116 dollar)dan, 256 gigabaytligi esa 4 729 dirham (taxminan 1 287 dollar)dan sotilmoqda.