So‘nggi yillarda e’lon qilingan ilmiy maqolalarga ko‘ra, AQShdagi Yellouston vulqonining otilishi — yaqiq kelajakda Yer yuzida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng qo‘rqinchli hodisa hisoblanadi. Yer yuzida faol vulqonlar juda ko‘p, biroq Yellouston jiddiy xavf tug‘diradi, uni hatto supervulqon deya atashadi, deb xabar beradi TravelAsk.

Foto: TravelAsk

Ushbu vulqon Amerika Qo‘shma Shtatlarining g‘arbiy qismida, Yellouston milliy bog‘i hududida joylashgan. Konussimon ko‘rinishga ega Yelleouston kalderasining uzunligi 55 ga 70 kilometrni tashkil etadi. Shu sababli ham u 1960-yildagina sun’iy yo‘ldosh suratlari orqali aniqlangan. Olimlar uning 8 kilometrlik tubida magma o‘chog‘i borligini aniqlagan. Aynash shu magma Yellouston bog‘idagi ko‘plab issiq buloqlarga issiqlik yetkazib beruvchi manba bo‘lib xizmat qiladi.

Olimlarning fikricha, ushbu supervulqon kamida uch bora otilgan: 2,1 million yil oldin, 1,3 million yil oldin va 630 ming yil oldin. Shunday qilib, otilishlar orasidagi vaqt oralig‘i 700—800 ming yilni tashkil etadi. So‘nggi bora otilganida vulqon Yer atmosferasiga shu qadar ko‘p kul chiqarganki, natijada 80 yil davom etgan sovuqlikni keltirib chiqargan.

Foto: TravelAsk

Olimlar Yellouston vulqoni hisob-kitoblardan ancha oldinroq harakatga kelishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Bunga ushbu hududda tez-tez qayd etilayotgan yer silkinishlari isbot bo‘la oladi.