Iroq harbiylari 3-noyabr kuni IShID jangarilari nazorati ostida turgan al-Qoim shahrini egalladi. Bu haqda, Baghdad Post gazetasiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Aytilishicha, bu shahar IShIDning Iroq hududidagi oxirgi tayanchi edi.
Sentabr oyida Iroq armiyasi al-Qoim yaqinidagi Akashat shahrini jangarilardan tozalash operatsiyasini boshlagan edi.
Hukumat qo‘shinlarini AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya kuchlari havodan qo‘llab-quvvatlamoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)