Facebook’dagi “O‘zbekistonning muvaffaqiyatli kishilari” sahifasida Fattoh Shodiyev haqida ma’lumot joylashtirildi.

Foto: “Nuz.uz”

1953-yilda tug‘ilgan, asli o‘zbekistonlik bo‘lgan qozoq milliarderi Qozog‘iston prezidenti maslahatchisidir. Ayni paytda u Belgiya fuqarosi.

1976-yilda Moskva davlat xalqaro aloqalar institutini “xalqaro huquq” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Rossiyalik taniqli biznesmen Alisher Usmonov va siyosiy arbob Sergey Yastrjembskiy bilan bitta kursda o‘qigan.

Biznes bo‘yicha sheriklari Aleksandr Mashkevich va Alijon Ibrohimov bilan foydali qazilmalar qazib olish sohasida dunyoda yetakchilardan biri bo‘lgan Eurasian National Resources Corporation (ENRC)ga asos solgan. ENRC ferrorxrom, alyuminiy oksidi va temir rudasi ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi.

Fattoh Shodiyev O‘zbekistonga 15 yil ichidan birinchi marta, 2017-yilda kelishga muvaffaq bo‘ldi. Ungacha tadbirkorning o‘z vataniga kirishi nomaqbul hisoblangan. U qilgan birinchi ish O‘zbekistondagi bolalar uylariga yordam beradigan Fattoh Shodiyev jamg‘armasi vakolatxonasini ochish bo‘ldi.

Anonim manbaga ko‘ra, Fattoh Shodiyev vataniga qayta olganidan juda xursand bo‘lgan va allaqachon O‘zbekiston biznesiga mablag‘ kiritishni boshlagan.

Avvalroq Adliya vazirligi tomonidan Shodiyev xalqaro fondining O‘zbekistondagi vakolatxonasi Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi xabar berilgan edi.