Rossiyaning “Progress” MS-06 koinot yuk kemasi Xalqaro koinot stansiya (XKS) parvozi balandligini 700 metrga ko‘tardi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda

Foto: “TASS”

Buning natijasida XKS parvozining o‘rtacha balandligi 404,6 kilometrga yetdi.

Mazkur manyovr 14-dekabr kuni “Soyuz MS-06” kemasi stansiyadan Yerga qaytishi, shuningdek, 17-dekabrga mo‘ljallangan “Soyuz MS-07” kemasini orbitaga olib chiqish uchun ballistik sharoitlar yaratish maqsadida amalga oshirilgani bildirilmoqda.