Nyu-Yorkda terakt uyushtirgan asli o‘zbekistonlik Sayfullo Soipovni AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Guantanamodagi bazasida joylashgan maxsus qamoqqa joylashtirish juda ko‘p vaqt oladi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Foto: EPA

“Nyu-York terrorchisini Guantanamoga yuborgim kelyapti, lekin statistik jihatdan bu jarayon federal tizim orqali borgandan ko‘ra ko‘proq vaqt oladi”, — deb yozdi u Twitter’dagi sahifasida.

Shuningdek, u gumondorni Nyu-Yorkning o‘zida sud qilish zarurligini ta’kdilab o‘tdi.

Muqaddam Tramp Soipovni Guantanamoga yuborishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.