Taniqli amerikalik rejissor Kventin Tarantino o‘zining to‘qqizinchi filmiga yangi prodyuser qidirmoqda. Bu haqda Deadline nashri xabar bermoqda.

Foto: Fotopres

Kinematografist filmni The Weinstein Company ishtirokida olishni rejalashtirgan edi. Kompaniya Xarvi va Bob Vaynshteynlar tomonidan tashkil etilgan. Ammo Xarvi Vaynshteyn ko‘plab aktrisalar tomonidan tegajog‘liq qilishda ayblanganidan so‘ng rejissor ular bilan hamkorlik qilish fikridan qaytdi.

Tarantinoning yangi dramasi voqealar 1960–1970-yillar Los-Anjelesida bo‘lib o‘tadi. Film seriyali qotil Charlz Mensonga bag‘ishlanishi muqaddam xabar qilingan edi. Ammo, Deadline’ga ko‘ra, Inglorious Basterds filmi qay darajada Adolf Gitlerga bag‘ishlangan bo‘lsa, rejissorning to‘qqizinchi kartinasi ham shu darajada seriyali qotilga bag‘ishlanadi.

Film premyerasi 2019-yilga mo‘ljallanmoqda.