2-noyabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

Sayfullo Soipov sudda.
Rasm: New York Daily News

1. Nyu-Yorkdagi terakt ijrochisi Sayfullo Soipov sudda qilgan ishidan pushaymonligini bildirmadi. Tramp unga nisbatan o‘lim jazosini qo‘llash taklifini ilgari surdi.

2. AQSh “Grin kard” viza lotereyasini hozircha to‘xtatmaydi. Ayni vaqtda, Oq uy O‘zbekiston fuqarolarining AQShga kirishi cheklanishi mumkinligini istisno qilmasligini bildirdi.

3. Bruklindagi o‘zbek jamoatchiligi Nyu-Yorkdagi teraktni qoraladi. Bruklinda yashovchi taniqli o‘zbek faollaridan biri Mirrahmat Mo‘minovning aytishicha, Sayfullo Soipov AQShga ko‘chib kelganidan keyingina o‘z qarashlarini o‘zgartirib, radikallashgan.

4. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi OAV va internetni tun-u kun monitoring qiladi. O‘z navbatida, noto‘g‘ri xabar yoki ichki ishlar organlari obro‘siga putur yetkazuvchi materiallarga zudlik bilan munosabat bildiradi.

5. Video: Toshkentda yuz bergan avtobus haydovchilari mushtlashuvi. Poytaxtda bu yangilik emas.