“Yulduzli janglar. VIII qism: Oxirgi jedaylar” sagasining navbatdagi treyleri internetga joylashtirildi. Uni YouTube’dagi Star Wars kanalida ko‘rish mumkin.

Poster: Google Photos

Bir daqiqa davom etadigan rolikdan ma’lum bo‘lishicha, Lyuk Skayuoker “Ming yillik lochin” kosmik kemasining uchuvchi kabinasiga kiradi. Shuningdek, klipda Imperiya qo‘shinlari isyonchiga hujum qilishi ko‘rsatilgan.

Kartinaning birinchi treyleri aprelda, ikkinchisi 10-oktabr kuni e’lon qilingan edi.

Film 15-dekabr kunlari katta ekranlarga chiqadi. Unda Mark Xemill, Deyzi Ridli, Jon Boyega, Oskar Ayzek va Adam Drayver bosh rollarni ijro etgan.