Ispaniya milliy sud kollegiyasi sudyasi Karmen Lamela 2-noyabr kuni Kataloniya ijro hokimiyati raisining sobiq o‘rinbosari Oriol Junkeras va hukumatning yetti nafar sobiq maslahatchisi hibsga olinishi haqida hukm chiqardi. Bu haqda, El Pais gazetasiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Aytilishicha, ularga qarshi isyon va davlat mol-mulkini talon-toroj qilish aybi ilgari surilmoqda. Kataloniya rahbariyatining sobiq vakillari hibsda tutilishi uchun asos sifatida ular adliyadan qochishi mumkinligi ko‘rsatildi.
Kataloniya hukumatining sobiq maslahatchisi Santi Vila garov evaziga qo‘yib yuborildi. Qolganlar hibsda saqlanmoqda.
Izoh (0)