Amerikalik, germaniyalik va xitoylik olimlar fazoda uzoq muddat bo‘lib turish yangi xavf tug‘dirishini aniqladi. Tadqiqot The New England Journal of Medicine jurnalida chop etildi, deb xabar beradi The Telegraph.

Foto: Global Look Press

Aniqlanishicha, mikrogravitatsiya sharoitida uzoq muddat bo‘lish bosh miyada jiddiy o‘zgarishlarga olib keladi. Xususan, fokusirovka, rejalashtirish, tashkillashtirish va xotira uchun javob beruvchi miya sohalarining ish faoliyati buziladi.

Shuningdek, prosotsial fe’l-atvor, jamoaviy ishga javob beruvchi miya sohalari zarar ko‘radi.

Mualliflar ko‘ngillilarni tanlab olib, ularni 90 sutka mobaynida mikrogravitatsiya sharoitlarini yaratuvchi yerga joylashtirdi. Shuningdek, ular 34 nafar astronavtni tekshiruvdan o‘tkazdi.

Bosh miya degradatsiyasiga sabab sifatida bosh suyagi ichi bosimining o‘zgarishi ko‘rsatilmoqda. Vaznsizlikning salbiy oqibatlarini bartaraf qilish uchun tadqiqotchilar sun’iy gravitatsiyasi mavjud kosmik kemalar yaratishni tavsiya etmoqda.