Rossiya prezidentining o‘gay jiyani Mixail Shelomov Sochidagi prezident boshqaruvidagi “Rus” sanatoriysi hududida villaga egalik qiladi. Bu “Dojd” telekanali o‘tkazgan surishtiruv chog‘ida ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi Meduza.
To‘rt qavatli uy va uning atrofidagi yashil uchastkaning kadastr narxi 200 million rubldan oshadi. Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, bu uy Shelomovning “Platinum” kompaniyasiga tegishli.
Villa sanatoriy sxemasida mavjud. Umuman, “Rus” sanatoriysi xaritasida sakkizta villa va ikkita bungalo qayd etilgan.
Izoh (0)