AQSh Federal qidiruv byurosi Nyu-York shahrida 31-oktabr yuz bergan terakt munosabati bilan 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi — Muhammadzoir Qodirov haqida axborot izlamoqda. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

U Nyu-Yorkdagi terakt ishiga qanday bog‘liq ekani haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.

31-oktabr kuni Nyu-Yorkda O‘zbekiston fuqarosi Sayfullo Soipov mashinada sakkiz kishini bosib ketdi, 11 kishiga tan jarohati yetkazdi. Politsiya uni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu hodisa terakt sifatida tan olindi. Soipovning mashinasidan IShID terrorchilik tashkiloti tilga olingan qaydnoma topilgan.