Turkiya savdogarlar va hunarmandlar konfederatsiyasi rahbari Bendevi Palandoken turk kurortlari uchun “barchasi ichida” tizimini bekor qilishni taklif qildi. Bu haqda Sözcü gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Uning fikricha, turizm sektori mehmonxona turizmi konsepsiyasidan uzoqlashishi lozim. Palandoken “barchasi ichida” tizimi bekor qilinishi bilan sayyohlar diqqatga sazovor joylar va do‘konlarga ko‘proq tashrif buyura boshlaydi deb hisoblamoqda.
Nashrning ta’kidlashicha, “barchasi ichida” tizimidan ko‘proq rossiyalik va germaniyalik sayyohlar foydalanishni xush ko‘radi. Bu tizim doirasida sayyohlar mehmonxona hududini kamdan-kam tark etadi, chunki nonushta, tushlik yoki kechki taomni o‘tkazib yuborishni istamaydi.
Natijada ko‘pchilik holatlarda ular Turkiya ichida atigi ikki — aeroportdan mehmonxonaga va ortga bo‘lgan safarni amalga oshiradi.
Turkiya 2023-yilda dunyodagi eng yaxshi beshta yo‘nalishga kirish va yiliga 50 millionga yaqin sayyohni qabul qilishni mo‘ljallamoqda. Biroq ekspert muhiti bu “barchasi ichida” tizimi saqlab qolinganda imkonsiz degan fikrda.
Izoh (0)