Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik Katta teatrida Sharof Rashidov qalamiga mansub “Ikki dil dostoni” asari asosida sahnalashtirilgan balet premyerasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: O‘zA

Sharof Rashidovning “Ikki dil dostoni” asari dunyoning ko‘p tillariga tarjima qilingan. Mazkur asar asosida badiiy filmlar suratga olingan. Asar asosida ozarbayjonlik bastakor A.Melikov libretto yaratgan.

Foto: O‘zA

“Ikki dil dostoni” baletini O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, baletmeyster Shavkat Tursunov sahnalashtirgan. Dirijyor O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Fazliddin Yoqubjonov. Asarda bosh rollarni Nodira Hamroyeva, Doniyor Xasmanov, Ulug‘bek Olimov, Olga Sobirova, Zamir Fazlutov ijro etmoqda.