Tergovchilar 31-oktabr, seshanba kuni Nyu-Yorkda yuz bergan terakt ijrochisining kompyuteridan IShID terrorchilik tashkilotiga aloqador materiallarni topdi. Bu haqda, CNN telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Hodisa yuz bergan vaqtda olingan surat; Sayfullo Soipov qo‘lida qurol bilan.
Foto: New York Daily News

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, kelib chiqishi o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov ijtimoiy tarmoqlarda ham IShID targ‘iboti olib boriladigan akkauntlarga a’zo bo‘lgan.

CNN reportajida qayd etilishicha, ayni vaqtda shifoxonada qolayotgan Soipov 1-noyabrga o‘tar kechasi FQB tergovchilari va Nyu-York politsiyasi tomonidan so‘roqqa tutilgan.

Telekanalning xabar qilishicha, Soipov umuman olganda huquq-tartibot organlari xodimlari bilan gaplashishdan bo‘yin tovlamayapti.

Xabar berishlaricha, ma’muriyat Soipovning Nyu-Jersidagi uyida tintuv o‘tkazgan, shuningdek, uning turmush o‘rtog‘ini so‘roqqa tutgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.