Pokistonning Panjob viloyatida bir oilaning 17 a’zosi zaharlanish oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda, Associated Press agentligiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Muqaddam 15 kishi zaharlanib o‘lgani xabar qilingan edi.
Aytilishicha, zo‘rlab turmushga berilgan 21 yoshli Osiyo bibi o‘ynashi bilan birga o‘z turmush o‘rtog‘i Amjad Loshariyni zaharlab o‘ldirishni rejalashtirgan. Buning uchun u sutga zahar solib, uni eriga tutgan. Ammo eri sutni ichmagan.
So‘ng Osiyo bibining onasi sut zaharlanganini bilmay, uni yogurt va sariyog‘ tayyorlashda ishlatgan. Bu mahsulotlarni barcha oila vakillari totib ko‘rgan, oqibatda barcha zaharlangan.
Izoh (0)