Nyu-Yorkda ro‘y bergan teraktni o‘zbekistonlik Sayfullo Xabibullayevich Saipov sodir etganligi gumon qilinmoqda. Bu haqda ABC va CBS manbalari ma’lum qildi, deya xabar beradi Meduza.

Foto: CBS

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, u AQShga O‘zbekistondan 2010-yili kelgan va Florida hamda Nyu-Jersida yashagan.

Politsiya jinoyatchining ismi-sharifini ma’lum qilmadi va faqat 29 yoshda ekanligini bildirish bilan cheklandi.

Eslatib o‘tamiz, 31-oktabr, seshanba kuni Manxettenda yuk mashinasini boshqargan shaxs odamlarni qasddan urib yuborishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 11 kishi jarohatlandi.

Nyu-Yorkdagi oxirgi yirik terakt bundan bir yil avval uyushtirilgandi: 17-sentabrda Nyu-York va Nyu-Jersida qo‘lbola bombalar portlatilgan.