20:55, 01.11.2017 9807

Nyu-York gubernatori Sayfullo Soipov AQShga kelganidan so‘ng radikallashganini aytdi

Nyu-Yorkda terakt uyushtirgan asli o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov IShID terrorchi tashkiloti bilan bog‘liq edi va AQShga kelganidan so‘ng radikal g‘oyalarni o‘ziga singdirib olgan edi. Bu haqda Nyu-York gubernatori Endryu Kuomo CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.

Foto: New York Daily News

“U — qo‘rqoq, mana u nima, u IShID bilan bog‘liq edi, u mamlakatimiz ichida radikallashgan edi”, — dedi Kuomo.

Shuningdek, Kuomo Soipov yolg‘iz harakat qilganini, odamlarni urib yuborishda ishlatgan yuk mashinasida qoldirgan maktubida IShID nomidan bu ishlarni amalga oshirganini tan olganini bildirib o‘tdi.

Muqaddam Sayfullo Soipovning tanishlari uning fe’l-atvori haqida so‘zlab bergan edi.

“U judayam bosiq edi. Tinimsiz ishlardi. Turli kechalar yoki boshqa joylarga bormasdi. U uyga kelib dam olar va yana ishga qaytib borardi”, — degandi uning tanishlaridan biri — Dilnoza Abdusamatova.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Boshqa yangiliklar