HMD Global kompaniyasi arzon Nokia 2 smartfonini taqdim etdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.

Foto: “Hi-tech.mail.ru”

Kompaniya ta’kidlashicha, smartfon bir marta olgan quvvat ikki kunga yetadi. Bunda qurilma odatdagi sozlamalar bilan 5 soat davomida qo‘llanilgan (o‘yinlar, qo‘ng‘iroqlar, video, internet va boshqalar), kechasi esa kutish rejimiga o‘tkazilgan. Akkumulyator sig‘imi — 4100 mA/soat.

Dizayn jihatidan smartfon boshqa zamonaviy Nokia smartfonlariga o‘xshash. Korpusiga asos qilib alyuminiy rom olingan, orqa korpus esa polikarbonatdan. Qurilma IP52 standarti bo‘yicha chang va yomg‘irdan himoyalangan.

Nokia 2 5 dyuymli HD-ekran, 4 yadroli Snapdragon 212 chipi, 1 Gb tezkor va 8 Gb doimiy xotira (+microSD), 8 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kameraga ega. U Android 7 Nougat operatsion tizimida ishlaydi.