Iroqda Isroil bayrog‘idan foydalanish rasman taqiqlandi. Bu haqda 1-noyabr kuni Haaretz nashri xabar berdi, deb ma’lum qiladi “Korrespondent.net”.
Iroq parlamenti oldinroq qabul qilingan qonun realizatsiyasi ma’qulladi.
2017-yili Iroq kurdlari mustaqillik mitinglarida Isroil bayroqlaridan ommaviy tarzda foydalangani bunday qarorning qabul qilinishiga turtki bo‘ldi.
Qaror davlat idoralarida majbur ijro etiladi. Qoida buzilishi qanday jazolanishi hozircha noma’lum.
Iroq va Isroil orasida diplomatik aloqalar o‘rnatilmagan.
Izoh (0)