Republic nashri Federal xavfsizlik xizmatining Telegram’ga qarshi da’vosi Peterburg metrosidagi terakt surishtiruvi bilan bog‘liq ekanligini aniqladi, deb yozadi TJournal.

Foto: “Gazeta.ru”

FXX o‘z talabnomasida 2017-yilning 3-aprelidagi portlashni tashkil etishda gumonlanayotganlar bilan bog‘liq xabarlar deshifrovkasi uchun ma’lumot taqdim etishni talab qilgan, biroq messenjer bundan bosh tortgan.

Republic gap, FXX fikricha, terrorchilik faoliyatiga aloqador gumonlanuvchilar foydalangan oltita raqam haqida borayotganligini aniqladi. Maxsus xizmatlar telefonlar egalarining nomlarini oshkor etmagan.

Nashrning ma’lum qilishicha, ikkita raqam Peterburg metrosidagi teraktni tashkil etishda gumonlanayotgan aka-uka Abror va Akram Azimovlarga qarashli. Har ikkala telefonni Abror Azimov foydalanganligi ta’kidlanmoqda — ular terakt tashkilotchisi, IShID tarafdori bilan aloqa o‘rnatish uchun kerak bo‘lgan. Azimov har ikkala raqamdan o‘zi foydalangani va WhatsApp’da yozishganligini ma’lum qilgan.

FXX ro‘yxatidagi yana ikki abonent ozodlikda va Telegram’dan muntazam foydalanadi. Qolgan ikki telefon Telegram’da ro‘yxatdan o‘tmagan: bitta raqam WhatsApp’ga bog‘langan, u oxirgi marta 19-aprel kuni faol bo‘lgan, ikkinchi raqam Dog‘istonda xarid qilingan va hozirda xizmat ko‘rsatish doirasidan tashqarida.

FXXning Telegram’ga talabnomasi 2017-yilning 12-iyulida yuborilgan. Ma’lumotlar umumiy pochtaga 19-iyulgacha yuborilishi kerak bo‘lgan, biroq messenjer javob bermagan. 16-oktabr kuni sud Telegram’ni 800 ming rubl miqdordagi jarimaga tortgan. Huquqshunoslar bu qaror ustidan shikoyat bergan.

Telegram FXX deshifrovka kalitini texnik sabablar tufayli taqdim eta olmaydi. Messenjerning “maxfiy chatlarida” shifrlashning end-to-end tamoyili ishlaydi — xabarlarni shifrlash va ularni ochish uchun zarur kalitlar administrator serverida emas, faqat yozishma ishtirokchilarida saqlanadi. Republic’ning FXXga yaqin manbasi FXX Pavel Durovni hamkorlikka undashni istayotganligini taxmin qildi.