O‘zbekistonlik futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev O‘FF o‘z reglamentini buzmoqda, qabilidagi fikrlarga javob berdi. U bilan kichik intervyu “Championat.asia” nashrida chop etildi.

Foto: Facebook

Igor Shkvirin: O‘FFga kirib-chiqish avvallari bemalol edi. Hozir militsiya hech kimni kiritmas ekan

O‘FF o‘z qarori bilan reglamentini buzyapti degan gaplar ko‘payib ketdi. Eslatib o‘tmoqchiman, oldingi rahbariyat davrida ham reglament ko‘p va xo‘p buzilgan.

Masalan, litsenziyalash reglamentiga ko‘ra, Oliy Ligada faqat litsenziyaga ega bo‘lgan klublar o‘ynashi mumkin. Bu qoida 2013-yildan buyon amal qilmoqda. Biroq Osiyo mamlakatlari litsenziyalashdan asosan Osiyo Chempionlar Ligasi uchungina foydalanadi. Shundan kelib chiqib, Saudiyaning “Al-Ittihod” klubi bir necha mavsum OChLda ishtirok eta olmadi, ammo o‘z ichki chempionatida bemalol o‘ynamoqda. Bu yil BAAda ham shunga o‘xshash vaziyat sodir bo‘ldi: “Al-Ayn” va “Al-Ahli” litsenziya ololmadi va OChLda qatnasha olmaydigan bo‘ldi. Ammo ichki chempionatda muammosiz ishtirok etadi.

Alisher Nikimbayev, futbol mutaxassisi

Futbol jurnalistlari 12 talik liga taklif qilgani rost. Biroq O‘FF va PFL umuman boshqa yo‘ldan yurgani ham haqiqat

Nikimbayevning qayd etishicha, Yaponiya OChLdan tashqari ham o‘z klublarini qat’iy ichki litsenziyadan o‘tkazadi. Ya’ni, ular bu ishni xo‘ja ko‘rsin uchun qilmaydi.

O‘FF litsenziyasiz Oliy Ligada o‘ynash mumkin emas, degan qoidani joriy qilgandi. Biroq talablarni bajarmagan klublarni jazolashni o‘rniga, ularga litsenziya berib yuboraverdi. O‘tgan yil “Obod” va “Sho‘rtan” litsenziyaga ega bo‘lgandi. Birinchisini klub deb atash ham qiyin edi, ikkinchisi futbolchi oldidagi qarzdorlik natijasida PFL tomonidan 3 ochkodan mahrum qilingandi. Ya’ni, PFL o‘ng qo‘li bilan reglamentni buzgan “Sho‘rtan”ni jazoladi. Chap qo‘li bilan esa unga litsenziya berdi. Agar O‘FF o‘z reglamentiga qat’iy amal qilganida, shu yilning o‘zidayoq Oliy Ligada 14 ta klub qolgan bo‘lardi.

Alisher Nikimbayev, futbol mutaxassisi

Xushnud Xudoyberdiyev: Chempionat yakuni arafasida Oliy Ligada 12 ta klub qolishini e’lon qilish — korrupsiyaga qo‘yilgan qadam

Vadim Abramov: Jamoalar 12 ta qolar ekan. Futbolchilar shokda, mashg‘ulotlarni yig‘ishtirib qo‘yaveraylikmi?