Huquqshunos Xushnud Xudoyberdiyev O‘FF va PFL tomonidan kecha 30-oktabr kuni e’lon qilingan Oliy Liga klublari sonini 12 taga yetkazish qaroriga o‘z fikrini bildirdi va uni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joyladi.

Foto: Facebook

2018-yildan boshlab O‘zbekiston Oliy Ligasida 12 ta futbol klub qoladi. Qolganlar quyi ligaga surgun bo‘ladi

Xudoyberdiyevning qayd etishicha, bu korrupsiyaga tashlangan katta bir qadamdir. Bu xuddiki test sinovlari arafasida uning shartlari o‘zgarib ketishiga o‘xshaydi.

Oliy liga tugashiga 4 ta tur qolganida keyingi mavsumda jamoalar soni 12 ta bo‘lishi va hech kutilmaganda yana 2 ta jamoa quyi ligaga tushib ketishi haqidagi qaror 1-avgustdagi test sinovlariga 3 oy qolganda informatika fanidan ham test bo‘lishi va matematika blokining 6 ta savolini egallashi haqidagi qaror bilan bir xil.

Ikkalasi ham ishtirokchilarga nisbatan adolatsizlik. O‘yin qoidalarini oldindan e’lon qilish kerak va yakunga oz qolganda kutilmaganda bu qoidalarni o‘zgartirmaslik maqsadga muvofiq. Chunki bunday kutilmagan va adolatsiz o‘garishlar korrupsiyaga qo‘yilgan katta qadam.

O‘shanda informatikadan tayyorlanishga ulgurmasligini bilgan abituriyentlar noiloj ko‘chadagi firibgarlarga quchog‘ini ochgan bo‘lsa, hozir Oliy Liga jadvalining pastida joylashgan jamoalar o‘yinlarni har qanday pulga sotib olishga tayyor turishibdi.

Eng to‘g‘ri qaror har qanday o‘zgarishni kamida 1 mavsum oldin aytilishidir. Yana ham kim bilsin...

Xushnud Xudoyberdiyev, huquqshunos

Avvalroq Oliy Liganing pastki o‘rinlaridan birini egallab turgan Farg‘onaning “Neftchi” klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov PFL qaroriga e’tiroz bildirgandi.

Vadim Abramov: Jamoalar 12 ta qolar ekan. Futbolchilar shokda, mashg‘ulotlarni yig‘ishtirib qo‘yaveraylikmi?