68 yoshli rossiyalik xonanda Alla Pugachyova bir necha yil avval o‘zining konsert faoliyatini yakunlagan bo‘lsa-da, uning sahnaga qiziqishi yo‘qolmadi, deb yozadi 7MedNews.

Foto: 7MedNews

Xonanda turli tadbirlarda mamnuniyat bilan ishtirok etmoqda, korporativlarda esa bir necha o‘n million deya baholanayotgan gonorar evaziga chiqish qilmoqda.

Primadonnaning muxlislarini uning korporativlarda chiqish qilishi hayratga soldi. Muxlislarning fikricha, Alla Borisovnaning bunday tadbirlarda ishtirok etishi uning obro‘siga to‘g‘ri kelmaydi.

Pugachyovaning tadbirlarda chiqishi evaziga oladigan gonorari miqdori esa muxlislarni yanada ko‘proq hayratga soldi. Bu miqdordagi summa aksariyat rossiyaliklarning hatto tushiga ham kirmagan.

Foto: 7MedNews

Primadonnani ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boruvchilar uning shaxsiy sahifalariga “U nafaqasining kamligidan noliydi. U tadbirlarda topadigan gonorarini men butun umrim davomida ham ishlab topolmayman”, “Korporativlarda kuylashgacha pastlashibdi” qabilidagi izohlarni yozib qoldirmoqda.