Toshkent shahrining Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudi sudyasi Matjon Matjonov 30-oktabr kuni Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o‘quvchisi Islombek To‘laganovni olti yilga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm chiqardi. To‘laganov 2017-yilning may oyida kollejdoshi Jasurbek Ibrohimovning urganlikda aybdor deb topildi — bu mushtlashuv oqibatida keyinchalik Jasurbek Ibrohimov vafot etgan.

Sudya Matjonov “Yoshlar” telekanaliga bergan intervyusida Islombek To‘laganov nima uchun aynan olti yilga ozodlikdan mahrum etilganini, shuningdek, 2-son bolalar jarrohlik shifoxonasi hamshirasi Malika Siddiqovaning ko‘rsatmalari inobatga olinmaganini tushuntirib berdi.