Zakovatning yuqori darajasi odamning oqilona qarorlar qabul qilish qobiliyatiga ega ekanligining belgisi emas.

Foto: Getty

IQ hayotdan qoniqishga ta’sir ko‘rsatmaydi

Aqlli bo‘lish nima? Odatda biz ko‘p narsani bilganlar va oqilona qarorlar qabul qiluvchilarni shunday ta’riflaymiz. Lekin bu ta’rifning eng keng tarqalgan aqlni o‘lchash usuli — IQ ni aniqlash testiga hech qanday aloqasi yo‘q.

Yuqori intellektning afzalliklari aniq: aqlli odamlar yaxshiroq o‘qiydi, ish sohasida katta yutuqlarga erishadi, o‘smirlik davrida ko‘ngilsiz voqealarga kamroq duch keladi. Shunga qaramasdan intellekt hayotning boshqa sohalarini, xususan baxt-saodatni oldindan belgilab bermaydi.

Maktabdagi a’lo baholar yoki ishdagi muvaffaqiyatlar hayotdan o‘ta mamnunlikka olib keladi deb o‘ylash mumkin, lekin olimlar IQ’ning bunga ta’sir ko‘rsatmasligini isbot qilishdi.

Ko‘pchilik intellektni aniqlash testlari real sharoitlarda qaror qabul qilish va boshqa odamlar bilan birgalikda harakat qilish qobiliyatini o‘lchamaydi.

Kanadadagi Uoterlu Universiteti psixologi Igor Grossmann aqlli odamlarning bema’niliklar qilishining sababi aynan mana shu deb hisoblaydi.

Tanqidiy fikrlashni esa baxt-saodat va uzoq umr ko‘rish bilan bog‘laydi.

Tanqidiy fikrlash va baxt-saodat

Tanqidiy fikrlash — bu bizga oqilona va maqsadga muvofiq o‘ylashga yordam beruvchi malakaviy bilimlar to‘plami, shuningdek bu malakalarni ishlata bilish qobiliyati. Tanqidiy fikrlovchi kishilar hamma narsaga ishonchsizlik bilan qaraydilar. Ularga o‘z qarashlarini isbotlash zarur bo‘ladi.

Turli mamlakatlar tadqiqotchilari, tanqidiy fikrlovchilar hayotda noxush voqealarni kamroq boshlaridan kechiradilar degan xulosaga kelishdi.

Va bu juda yaxshi yangilik, chunki tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va yaxshilash mumkin. Demak bundan kelib chiqadiki, o‘z hayotini ham yaxshilash mumkin ekan.

Manba: “Layfxaker”