Moskvaning “Domodedovo” aeroportidan Turkiya tomon yo‘lga chiqqan samolyot Ukrainaning shahrida favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Ukraina milliy politsiyasi rahbarining Odessa viloyati bo‘yicha maslahatchisi Ruslan Forostyak bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
Samolyot bortida egasiz sumka topilishi favqulodda vaziyatga sabab bo‘ldi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlarining axborotiga ko‘ra, parvoz chog‘ida yo‘lovchilardan biri o‘zini yomon his etayotganidan noligan, so‘ng uzoq muddatga hojatxona kabinasiga kirib ketgan.
Ekipaj yo‘lovchining shubhali harakatlarini inobatga olgan holda kabinani tekshiruvdan o‘tkazgan va u yerda yashirib qo‘yilgan sumkani topgan.
Shundan so‘ng ekipaj Odessa xalqaro aeroportiga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan. Samolyot muvaffaqiyat bilan qo‘ngan.
Ukraina chegara xizmati kinologlari samolyot bortini tekshiruvdan o‘tkazdi. Politsiya sumkada shubhali hech narsa topmadi.
O‘zini shubhali tutgan Litva fuqarosi bilan hozir Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari suhbat olib bormoqda.
Izoh (0)