Misr harbiy-havo kuchlari mamlakat poytaxtining janubi-g‘arbida terrorchilar boshpanasiga zarba berdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Hujum natijasida 20-oktabr kuni 16 nafar politsiyachining o‘ldirilishi uchun javobgar ko‘plab terrorchilar yo‘q qilindi, deb ma’lum qilindi Misr televideniyesi orqali.
Zarbalar al-Fayyum shahrining g‘arbiy tomonida amalga oshirildi. Bunga qadar maxsus xizmatlar terrorchilarning o‘rnashgan yeri bo‘yicha ma’lumot to‘plagan edi.
Jonli kuchdan tashqari, katta miqdorda qurol, ekipirovka va portlovchi materiallar yuklangan uchta yuk mashinasi yo‘q qilindi.
Izoh (0)