Toshkent shahrining Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudi 30-oktabr kuni Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o‘quvchisi Islombek To‘laganovni olti yilga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm chiqardi. U 2017-yilning may oyida kollejdoshi Jasurbek Ibrohimovning urganlikda aybdor deb topildi — bu mushtlashuv oqibatida keyinchalik Jasurbek Ibrohimov vafot etgan.

“Yoshlar” telekanalining xabar berishicha, sud hukmi o‘qib eshittirilganidan so‘ng, Islombek To‘laganov O‘zbekiston Prezidenti va xalqidan uzr so‘ragan.

Bu kichkina narsa bunday katta oqibatlarga olib keladi, deb o‘ylamagandim. Prezidentimizdan, xalqimizdan, hamma-hammadan uzr so‘rayman. Tengdoshlarimga aytadiganim — urushib yurmanglar.

Islombek To‘laganov, ayblanuvchi