Ispaniya konstitutsion sudi Kataloniya parlamenti tomonidan tasdiqlangan mustaqillik deklaratsiyasini bekor qildi. Bu haqda El Pais gazetasiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Shu bilan birga, Ispaniya oliy sudi Kataloniya parlamenti spikeri Karme Forkadel hamda besh nafar parlamentariyga qarshi kiritilgan shikoyatni qabul qilib, ularga nisbatan isyon ko‘tarish va davlat mablag‘ini talon-toroj qilish aybini ilgari surdi.
27-oktabr kuni Kataloniya parlamentida o‘tgan ovoz berishda 70 nafar deputat mustaqillik deklaratsiyasini yoqlab chiqqan, o‘n nafari qarshi ovoz bergan edi. Qolgan deputatlar ovoz berishni boykot qilgan edi.
Izoh (0)