Germaniya maxsus xizmatlari xodimlari Shverin shahrida yangi terrorchilik hujumini tayyorlagan 19 yoshli suriyalik o‘smirni qo‘lga oldi. Bu haqda Spiegel Online xabar bermoqda.
Tergovchilarning versiyasiga ko‘ra, Yamen A.A. ismli o‘smir 2017-yil iyulidan portlash uyushtirishni rejalashtira boshlagan.
Gumondor ijtimoiy tarmoqlar orqali qo‘lbola portlovchi uskuna yasash bo‘yicha ma’lumot olishga uringani aniqlandi.
Shuningdek, u o‘zini “xalifat askari” deb atagan odam bilan aloqada bo‘lib turgan.
O‘smirning xonadonida o‘tkazilgan tintuv chog‘ida bomba tayyorlashga mo‘ljallangan komponentlar, shuningdek, portativ radiostansiyalar topildi.
Izoh (0)