O‘FF va PFL Oliy Liga klublari sonini 12 taga yetkazgach, futbol jamoatchiligi muhokamani boshlab yubordi.

Foto: O‘FF

Vadim Abramov: Jamoalar 12 ta qolar ekan. Futbolchilar shokda, mashg‘ulotlarni yig‘ishtirib qo‘yaveraylikmi?

Bunda futbol jurnalistlari tomonidan turlicha fikrlar bildirilganini ko‘rish mumkin. “Tribuna” nashrida Qahramon Aslanov o‘z maqolasini e’lon qilib, Oliy Ligada 12 ta klub qoldirish fikri to‘g‘ri emasligi haqida to‘xtalgan. Bu maqola PFL qarori e’lon qilingach yozilgan.

Bir kun o‘tib, 31-oktabr kuni Aslanov “Yil aldovi” yoxud populizm chegarasi qayerda?”, — nomli maqolasi bilan O‘FF va PFL qaror qabul qilishda shoshgani va o‘z reglamentini hurmat qilmagani masalasini ko‘tarib chiqdi. Boisi, Oliy Liga klublariga mavsum boshida umuman boshqa format haqida aytilgan. Ular shu yo‘ldan ketayotganida, aniqrog‘i, chempionat yakuniga 4 ta tur qolganida esa butunlay boshqa formatga shoshilinch o‘tildi. Bu esa adolatsizlik.

“Tribuna” nashrida Oliy Ligada klublar sonini 12 ta qoldirish kerakligi borasida boshqa bir jurnalist Shuhrat Shokirjonovning “12 jamoalik milliy chempionat va uning afzalliklari” nomli maqolasi ham ko‘rinish bergan. Mazkur maqola O‘FF va PFL qarorlaridan ikki kun oldin yozilgan.

Bungacha, 17-oktabr kuni “Championat.asia” nashrida jurnalist Diyor Imomxo‘jayev tomonidan Hacker club dasturi tayyorlangan bo‘lib, unda Oliy va Birinchi Liganing yangi formatlariga taklif berilgan. Taklifda Oliy Liga klublari sonini 12 ta qilish masalasi ko‘tarilgan va bu nima uchun kerakligi tushuntirilgan. Jurnalist bunda hozirgi Birinchi Liga saviyasini Oliy Liga darajasiga yaqinlashtirish va hozirgi Oliy Ligadagi qarama-qarshilikni kuchaytirish, reglamentdan chekinmagan holda, bu bosqichga 2018-yil davomida o‘tish mumkinligini aytgan.

O‘FF va PFL esa jurnalistlar taklifidan farqli o‘laroq shoshilinch qaror qabul qildi va o‘z reglamentiga zid ish ko‘rdi.

Xushnud Xudoyberdiyev: Chempionat yakuni arafasida Oliy Ligada 12 ta klub qolishini e’lon qilish — korrupsiyaga qo‘yilgan qadam