MyDay so‘nggi vaqtda kinolarda kamnamo bo‘lib qolgan, o‘z brendiga asos solgan va musiqaga ko‘proq vaqt ajrata boshlagan aktrisa Asal Shodiyeva bilan qisqa suhbat uyushtirdi.

Foto: MyDay

Juda mushkul

Men uchun birovni kuldirish juda mushkul. Shu ishning uddasidan chiqa olmayman.

Kеchirmayman

Sotqinlikni aslo kechirmayman. Hayotda ko‘p narsani kechirish mumkin. Lekin sotqinlik aslo kechirilmaydi, deb hisoblayman.

Xaraktеrim

Talabchanman, ayniqsa o‘zimga nisbatan haddan tashqari.

Voz kеcha olmayman

Oilamdan aslo voz kecha olmayman.

Huzur bag‘ishlaydi

Musiqa mening jon-u dilim, menga huzur bag‘ishlaydigan asosiy narsa.

Foto: MyDay

G‘ashimga tеgadi

Ahmoqlik va omilik mening g‘ashimga tegadi.

Eng katta xatoim

Eng katta xatoim Konservatoriyaga o‘qishga kirmaganim bo‘lsa kerak.

Miel mеn uchun

So‘nggi paytlarda bor vaqtim, o‘y-xayollarim Miel bilan bog‘liq. Miel men uchun umid va ishonch. Bu brendga asos solishimdan maqsad odamlarga quvonch ulashish.

Eng katta orzum

Eng katta orzularimdan biri Andrea Bochellini ko‘rish edi, bu orzum ushaldi. Yana bir katta orzum – Al Pachinoni ko‘rish.