Alibaba Group korporatsiyasi asoschisi va ijrochi direktori, Xitoyning eng boy odamlaridan biri Jek Ma “Tunda... Biz uxlayotganda” (Gong Shou Dao) nomli qisqa jangari filmda rol ijro etdi. Bu haqda CGTN xabar bermoqda.

Foto: CGTN

Jek loyihadagi ishtirokini tasdiqlash maqsadida Weibo ijtimoiy tarmog‘ida o‘zining ishtirokidagi tegishli suratni joylashtirdi.

Film premyerasi 11-noyabr kuni Xitoyda bo‘lib o‘tadi.

Film prodyuseri taniqli aktyor — Jet Li. Uning o‘zi ham filmda rol ijro etgan.

Jet Li va Jek Madan tashqari, kartinada Donni Yen, Semo Xun va Jin Vu singari yulduzlar qatnashdi.

Film xronometraji 20 daqiqadan iborat.