Fazza taxallusi bilan tanilgan Dubayning 34 yoshli shahzodasi Hamdan bin Muhammad Al Maktum dunyodagi eng talabgir bo‘ydoqlardan biri hisoblanadi, deb xabar berdi “Makataka.ru”
Fazza vaqtini turli ko‘ngilxushliklarga sarflamaydi. U xayriya ishlarida qatnashadi, kambag‘allarga va Daun sindromidan azob chekuvchilarga yordam ko‘rsatadi. O‘zining ko‘rinishini saqlash uchun shahzoda har xil sport turlari bilan shug‘ullanadi.
Fazza katta tennis, otda chopish, suzish, dayving va boshqa sport turlari bilan muntazam shug‘ullanib keladi.
Yaqinda u o‘zining Instagram’dagi sahifasiga suv mototsiklida harakatlangani tasvirlangan suratini joylashtirdi. Shahzodaning mushaklari ko‘plab obunachilarini “aqldan ozdirdi”.
Shahzodaning shaxsiy hayoti haqida hech narsa ma’lum emas.
Izoh (0)