UzReport va Futbol-TV telekanallari direktori hisoblangan Ravshan Jo‘rayev O‘FF Ijroqo‘mi a’zosi sifatida tanishtirildi. Bu haqdagi xabar tashkilot saytida ko‘rinish berdi.
Shu tariqa Ijroqo‘m a’zolari soni 11 kishiga yetdi. O‘FF prezidentligi uchun saylovlardan keyin 1 ta vakant joy paydo bo‘lib qolgandi. Uni aynan Ravshan Jo‘rayev to‘ldirgani aytildi.
O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov Ijroqo‘mning yangi a’zosini tabriklar ekan, UzReport va Futbol-TV telekanallari PFL hamda O‘FF bilan katta loyihalarni amalga oshirishiga umid bildirdi.
O‘FF Ijroqo‘mi a’zolari
- Umid Ahmadjonov — O‘FF prezidenti
- Shoakrom Isroilov — O‘FF birinchi vitse-prezidenti
- Achilbay Ramatov — O‘FF vitse-prezidenti
- Po‘lat Bobojonov — O‘FF vitse prezidenti
- Rustam Qurbonov — Sport qo‘mitasi raisi
- Bobur Shodiyev — “Paxtakor” prezidenti
- Murod Aliyev — “Bunyodkor” bosh direktori
- Mansur Rajabov — “Lokomotiv” prezidenti
- Komil Yarashev — O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti rektori
- Narimon Jalolov — Futbol faxriylari kengashi raisi
- Ravshanxon Jo‘rayev — UzReport axborot agentligi bosh direktori
UzReport axborot agentligi 1999-yil tashkil topgan. 2014-yil agentlik qoshida UzReport, 2017-yil esa Futbol-TV telekanallari tashkil qilindi. Mazkur telekanallar hozirgacha futbol bo‘yicha Anlgiya va Ispaniya chempionatlari, shuningdek, Yevropa Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi o‘yinlari translyatsiyasi huquqini xarid qilgan. O‘tgan yil Yevro—2016 musobaqasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatgan.
Izoh (0)