Rossiya Premyer-Ligasining 15-turidan keyin Moskvaning “Lokomotiv” klubi peshqadamga aylandi.
O‘zbekistonlik Vitaliy Denisov to‘p suradigan “temiryo‘lchilar” markaziy o‘yinni Sankt-Peterburgda “Zenit”ga qarshi o‘tkazib, 3:0 hisobida zafar quchdi. Shu kuni Vitaliy Denisov o‘yinga tushmadi.
Bungacha “Lokomotiv” Roberto Manchini boshqarayotgan “Zenit” bilan bir xilda ochkoga ega bo‘lib turgandi. Yirik mag‘lubiyat sabab piterliklar bir pog‘ona sho‘ng‘ishga majbur bo‘ldi.
Eldor Shomurodov esa mamlakatning amaldagi chempioni hisoblangan “Spartak”ga qarshi bellashuvning 76-daqiqasida ko‘rinish berdi. Yakunda rostovliklar mag‘lubiyatdan qutulib qolib, 1 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Eldor Shomurodovning noaniq penaltisi sabab “Rostov” Rossiya Kubogidan chiqib ketdi
Vagiz Galiulin “Tosno” safida mavsumdagi uchinchi golini urishga muvaffaq bo‘ldi. Aynan uning goli jamoasiga 3 ochko taqdim etdi. Bunda “Tosno” darvozaboni penalti qaytarganini ham e’tirof etish kerak.Galiulin bungacha Tulada “Arsenal” postiga gol urib, jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minlagan, keyinroq Vadim Afonin harakat qiladigan “Anji” darvozasini ishg‘ol qilib, 2:2 hisobidagi durangga sabab bo‘lgandi. “Dinamo”ga qarshi o‘yinda bosh murabbiy Vagizni 55-daqiqada zaxiraga chaqirib oldi.
Bugun — 30-oktabr kuni Vadim Afonin to‘p suradigan “Anji” Grozniyda “Axmat”ga qarshi saf tortadi.
Rossiya Premyer-Ligasi 15-tur bellashuvlari 28-oktabr, shanba
“Rostov” — “Spartak” 2:2
Gollar: Aleksey Ionov, 20 (1:0). Fernando, 31 (1:1). Denis Glushakov, 34 (1:2). Matsey Vilyush, 87 (2:2).29-oktabr, yakshanba
“Zenit” — “Lokomotiv” 0:3
Gollar: Jefferson Farfan, 57 (0:1). Jefferson Farfan, 69 (0:2). Aleksey Miranchuk, 77 (0:3).“Dinamo” — “Tosno” 0:1
Gol: Vagiz Galiulin, 9 (0:1).Noaniq penalti: Aleksandr Tashev, 60 (D).30-oktabr, dushanba“Axmat” — “Anji”
Izoh (0)