Saudiya Arabistoni Virgin guruhi koinot kompaniyalariga 1 milliard dollar investitsiya kiritadi, kelgusida bunga yana 480 million dollar qo‘shilishi mumkin. Bu haqda 3DNews xabar bermoqda.

Foto: 3DNews

Investitsiyalar uchta kompaniya — uchuvchi tomonidan boshqariladigan va koinot sayyohlarining orbitaga parvozini ta’minlaydigan VSS Unity (SpaceShipTwo sifatida ham ma’lum) raketa kosmoplanini ishlab chiqaradigan Virgin Galactic, shuningdek, The Spaceship Company va Virgin Orbit uchun ajratiladi. Ulardan birinchisi Virgin Galactic uchun koinot qurilmasi ishlab chiqaradi, ikkinchisi kichik sun’iy yo‘ldoshlar uchirilishi uchun xizmat qiladi.

Guruh rahbari, o‘zi ham kemalarida koinotga parvozni rejalashtirayotgan Richard Brensonga ko‘ra, saudiyaliklarning mablag‘i Virgin kishilarning koinotga parvozlari kelgusi avlodini ishlab chiqish, sun’iy yo‘ldoshlar uchirilishini kamxarj qilish, shuningdek, tezkor koinot sayohatlari dasturini jadallashtirishga imkon beradi.

Yirik mablag‘ ajratmalariga qaramay, Virgin AQSh hududida faoliyat yuritishda davom etadi. Shu bilan birga, sheriklik doirasida Saudiya Arabistonida qandaydir koinot markazi ham paydo bo‘lishi mumkin. Virgin hatto uning xomaki tasvirini ham e’lon qildi.