Rossiya televideniyesidagi “Na samom dele” ko‘rsatuvida qatnashganligi uchun mashhur yulduzlarga qancha pul to‘langanligi ma’lum bo‘ldi, deb yozadi “7mednews.ru”.

Foto: EPA

Aktyor va shoumen Nikita Jigurda ko‘rsatuvda figurachi Marina Anisina bilan ajrashuvi va shaxsiy hayotidagi boshqa tafsilotlar haqida gapirib berishi uchun unga 400 ming rubl taklif qilishgan, ammo Nikita 1 million rubl so‘ragan. Ayni paytda ushbu mavzuda shou yaratuvchilari bilan muzokaralar davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Gollivud aktrisasi Lindsi Loxan 600 ming rubl evaziga “Na samom dele” ko‘rsatuvida rossiyalik oligarxning o‘g‘li bilan omadsiz ishqiy munosabatlari haqida so‘zlab bergan. Naomi Kempbell esa yetti yil avval shouda chiqqani uchun 10 ming dollar olgan.

Bundan tashqari, Anastasiya Volochkovaning o‘g‘rilikda ayblangan haydovchisi “Pust govoryat” dasturida qatnashish uchun 800 ming rubl talab qilgan. Janna Friskening otasi esa “Sekret na million” shousidagi ochiq-oshkor suhbat uchun 300 ming rublga rozi bo‘lgan.