O‘zbekiston badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi jamoasi paxta-terimi mavsumini ko‘tarinki ruhda davom ettirish maqsadida joriy yilning 29-oktabr kuni Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumani paxta-terimi hasharchilari safida bo‘ldi. Bu haqda Madaniyat vazirligi ma’lum qildi.
Birlashma rahbariyati va xodimlari paxta dalalarida jonbozlik ko‘rsatdi. Shuningdek, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Og‘abek Sobirov, Sobirjon Mo‘minov, G‘iyos Boytayev, Ilhom Farmonov, O‘zbekiston xalq hofizi Soyibjon Niyozov va “Surxon” guruhi qo‘shiq-kuylar bilan terimchilarni xushnud etdi.
Paxta terimidan keyin dala maydonida Sayxunobod aholisi va terimchilari uchun O‘zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi san’atkorlari ishtirokida konsert dasturi uyushtirildi. Soat 18:00 da Guliston va Sayxunobod tumanlarining markaziy o‘yingohlarida birlashma san’atkorlari ishtirokida katta konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)