Idishlarni yuvishni ko‘pincha keyinga qoldirishni xohlaymiz, lekin ma’lum bo‘lishicha bu salomatlikka ham, qomatga ham zarar keltirar ekan.

Foto: Depositephotos

Kornell universiteti tadqiqotchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, yig‘ishtirilmagan iflos oshxonada biz odatdagidan deyarli ikki baravar ko‘proq kaloriya iste’mol qilar ekanmiz.

Olimlar qatnashchilarni ikki guruhga ajratish yo‘li bilan tajriba o‘tkazdilar. Avval birinchi guruhdagilardan hayotlarining o‘zlarini dadil va qat’iy his qilgan davrini, ikkinchi guruhdagilardan esa — hayotlari izdan chiqqandek bo‘lib ko‘ringan davrini tasvirlab berishlarini so‘rashdi.

Keyin qatnashchilarning yarmini yig‘ishtirilmagan tartibsiz oshxonada kutib turish uchun qoldirishdi. Qolgan yarmini esa tozalik va jimjitlik hukm surgan oshxonaga joylashtirishdi. Ikkala oshxonada ham qatnashchilar shirin pechenyelar, kreker yoki sabzilar bilan tamaddi qilishlariga ruxsat berildi.

10 daqiqa davomida yig‘ishtirilmagan oshxonadagi stressli vaziyatlarni esga oluvchi qatnashchilar toza sharoitdagi kutuvchilarga qaraganda 53 kkal ko‘proq kaloriya iste’mol qilishdi.

Tartibsiz sharoit, stress va chorasizlikni his qilish holati — to‘g‘ri ovqatlanishning dushmanlari.

“Bunday vaziyatda biz: ‘Agar hammasi joyida bo‘lmasa, nima uchun men o‘zimga e’tibor berishim kerak?’ — deb o‘ylay boshlaymiz”, — deydi tadqiqot bosh muallifi, ruhshunos Lenni Vartanyan.

Hayotlarining o‘zlarini dadil his qilgan davrini eslagan qatnashchilar, umumiy hisoblaganda 100 kkal kamroq iste’mol qildilar. Bu ancha xotirjamroq holatda biz ortiqcha yeyishni xohlamasligimizni yana bir marta isbotladi.

Oshxonadagi tozalik va tartiblilik esa bizga stressni kamaytirishga yordam beradi. Yig‘ishtirish, shu jumladan idishlarni yuvish bizni tinchlantiradi va kayfiyatimizni yaxshilaydi.

Manba: Trendymen