Ispaniya hukumati tomonidan tarqatilishi haqida qaror chiqarilgan Kataloniya mahalliy parlamenti federal rahbariyatning ushbu qaroriga rozi bo‘ldi va navbatdan tashqari saylovga qadar faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
31-oktabrga belgilangan parlament prezidiumi yig‘ilishi bekor qilindi.
Madridda navbatdan tashqir saylov “huquqiy davlatni tiklash” imkonini berishidan umid qilishmoqda.
O‘z navbatida, mintaqa mustaqilligi haqidagi rezolyutsiyani yoqlab ovoz bergan Kataloniyaning so‘l respublikachilari partiyasi Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoyda navbatdan tashqari saylov chaqirish vakolati yo‘qligini aytmoqda. Shunga qaramay, partiya bu saylovda ishtirok etmoqchi.
Izoh (0)