Siz qimirlamasdan qancha uzoqroq o‘tirsangiz, sog‘lig‘ingizni shuncha ko‘proq xavf-xatarga qo‘yasiz. Kolumbiya universiteti tadqiqotchilari shunday xulosaga kelishdi.

Foto: Flickr

Kamharakat yashash tarzi va bevaqt o‘lim orasidagi bog‘lanishni tushunish uchun ular to‘rt yil davomida 45 yosh va undan yuqori yoshdagi 8000 nafar qatnashchilarning odatlarini kuzatib bordilar. Ularning o‘tirib o‘tkazgan vaqtlari aniq bo‘lishi uchun qatnashchilar bellariga mahkamlangan akselerometrlar taqib yurishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘rtacha olganda ular 16 soatlik kunning 12 soatini o‘tirgan holda o‘tkazganlar.

“Yosh o‘tishi bilan, organizmning fiziologik va ruhiy faoliyati yomonlasha boshlaganda, biz ko‘proq va yanada ko‘proq o‘tiramiz, — deydi tadqiqotning bosh muallifi, kardiolog Kit Diaz. — Bu faqat o‘lim xavfini oshiradi. Bu holatda yosh ham, jins ham, vazn ham, sport bilan shug‘ullanish ham natijani o‘zgartira olmaydi”.

Bir kunda 13 soatdan ko‘proq o‘tiradiganlar uchun bevaqt o‘lim xavfi ikki marta oshadi.

Shunga qaramasdan olimlar ikki ko‘rsatgich orasidagi farqni aniqlashga urinmoqda: o‘tirgan holatda o‘tkazilgan umumiy kunduzgi vaqt va harakatsizlikning uzluksiz davri. Agar harakatsiz holatda o‘tirish 30 daqiqadan oshmasa, bevaqt o‘lim xavfi 55 foizga kamayadi.

Shuning uchun Diaz har yarim soatda o‘tirgan joyingizdan turib tanaffus qilishni maslahat beradi. Turing va besh daqiqa davomida harakat qiling yoki tez-tez qadam tashlab yuring.

Manba: “Woman.ru”